“Xalqaro amnistiya” tashkiloti Saudiya Arabistoni hukumatini 13 yoshida qamalgan Murtajo Qurairisga o‘lim jazosi bermaslikka chaqirdi, deya xabar bermoqda “Azon.uz”.
Xabarda aytilishicha, Qurairisning akasi “Arab bahori” doirasida Saudiya Arabistonining sharqiy hududlarida o‘tkazilgan norozilik namoyishi chog‘ida xavfsizlik kuchlari tomonida o‘ldirilgan, Qurairis bunga norozilik bildirgan. Oradan uch yil o‘tib oilasi bilan Bahraynga ketayotganida esa hibsga olingan.
Hozir 18 yoshga kirgan Qurairisga politsiya bo‘limiga Molotov kokteyli otish, terror tashkilotiga a’zo bo‘lish, akasining janozasida marsh o‘tkazish va xalqni isyonga undash ayblari qo‘yilgan.
Mahalliy qonunchilikka ko‘ra, u o‘lim jazosiga mahkum etilishi mumkin.
Izoh (0)