O‘rta Chirchiq tumanida 19 yoshli yigit baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
9-iyun kuni Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida yashagan 19 yoshli D.A “Oltio‘g‘il” mahallasidan oqib o‘tuvchi “O‘rtachirchiq—Oqqo‘rg‘on” kanalida cho‘milayotib, ehtiyotsizligi oqibatida suvga cho‘kib ketgan.
“Hurmatli fuqarolar Yozning issiq va jazirama kunlarida taqiqlangan yoki belgilanmagan joylarda cho‘milmasligingizni, belgilangan joylarda cho‘milgan vaqtingizda ham xavfsizlik chora-tadbirlariga amal qilishingizni so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)