Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan Osiyoda o‘zaro hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashga a’zo davlatlar rahbarlarining beshinchi sammitida ishtirok etadi. Bu haqda Asia-Plus ma’lum qildi.
Dushanbe sammitida qatnashish uchun 12 davlat — Xitoy, Rossiya, Eron, Ozarboyjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Bangladesh va Shri-Lanka prezidentlari Tojikistonga tashrif buyuradi.
Kengashga a’zo yana 15 davlatning bosh vazir, bosh vazir o‘rinbosarlari va tashqi ishlar vazirlari qatnashadi.
Delegatsiyalar rahbarlarining sammitda ishtirok etishdan tashqari qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.
Sammitning asosiy tadbirlari Tojikiston poytaxtidagi “Koxi Navro‘z” saroyida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)