Angrenda yuz bergan oilaviy janjalda bir kishi jarohatllandi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
3-iyun kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi 30 yoshli U.M uyida o‘zaro janjal sabab birga yashovchi o‘gay otasi 56 yoshli Sh.Tga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Natijada Sh.T kasalxonaga yotqizilgan. U.M ushlangan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)