Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida 3-iyun kuni maishiy gazdan zaharlanish oqibatida shifoxonaga joylashtirilgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarosining barchasiga 5-iyun kuni tibbiy muassasadan ruxsat berilgan. Bu haqda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi ma’lumot berdi.
Eslatib o‘tamiz, hodisa oqibatida quyidagi O‘zbekiston fuqarolari jabrlangan edi:
- Husanov Sardor Toshkan o‘g‘li, 20.07.2001-yilda tug‘ilgan;
- Husanov Sharif Toshkanovich, 08.02.1973-yilda tug‘ilgan;
- Toshkanov Alisher Egamberdi o‘g‘li, 17.10.1996-yilda tug‘ilgan;
- Toshkanov Shahzod Xudoyberdi o‘g‘li, 10.03.1999-yilda tug‘ilgan;
- Toshkanov Doston Sharif o‘g‘li, 24.10.1995-yilda tug‘ilgan;
- Toshkanov Oybek Qahramon o‘g‘li, 15.02.1996-yilda tug‘ilgan;
- Elboyev Odil Oripovich, 12.04.1986-yilda tug‘ilgan;
- Elboyev Farrux Oripovich, 02.02.1992-yilda tug‘ilgan;
- Ne’matov Bahodir Botir o‘g‘li, 30.03.1992-yilda tug‘ilgan;
- Iskandarov Obid Sallohidinovich, 01.08.1995-yilda tug‘ilgan;
- Samiyev Azizbek Asad o‘g‘li, 01.01.1998-yilda tug‘ilgan;
- Jo‘rayev Valentin Fayzullayevich, 15.04.1998-yilda tug‘ilgan.
Konsul va elchixonaning mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashesi Qarag‘anda shahriga kelgan hamda bu o‘zbekistonliklarning pasportlari yo‘qligi masalasi bilan ham shug‘ullanmoqda. Ma’lum qilinishicha, ular pasportlarini ro‘yxatdan o‘tishni rasmiylashtirish uchun o‘zlarini taklif qilgan boshqa bir o‘zbekistonlikka topshirgan.
“Shu munosabat bilan Konsullik-huquqiy departamenti chet elga ketayotgan fuqarolarga shaxsni tasdiqlovchi hujjatni hech qanday vaziyatda begona shaxslarga bermaslikni yana bir bor qat’iy tavsiya qilgan”, — deyiladi TIV axborotida.
Izoh (0)