• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda ov turizmi rivojlantirilishi mumkin

    Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti 7-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Ovchilik va ov xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazdi. Xabar berishlaricha, tadbirda ovchilik va ov xo‘jaligi sohasining bugungi holati, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflar muhokama qilingan.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Bugungi kunda O‘zbekistonda 38 mingdan ortiq ovchi ro‘yxatga olingan. Mamlakatda umumiy maydoni 406 ming gektar bo‘lgan 5 ta davlat o‘rmon-ov xo‘jaliklari hamda Ovchi va baliqchilar sport birlashmasiga qarashli umumiy maydoni 608 ming gektarni tashkil etuvchi 38 ta ov xo‘jaliklari faoliyat yuritmoqda.

    Ovchilik va ov xo‘jaligi sohasidagi huquqiy baza 10 dan ortiq qonunosti hujjatlaridan iborat. Ushbu sohadagi munosabatlarni tarqoq holda tartibga solishga, huquqni qo‘llash amaliyotida turli qarama-qarshilik va talqinlar, murakkabliklarga olib kelmoqda. Xususan, 2015—2018-yillar mobaynida qariyb 20 mingga yaqin huquqbuzarliklar aniqlangan.

    Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan Qonunchilik palatasining Ekoharakat deputatlik guruhi va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi “Ovchilik va ov xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi tayyorlangan.

    “Qonun loyihasida barcha masalalar batafsil tartibga solinmoqda. Bu qonun amalga oshirilishi uchun qonunosti hujjatlarining qabul qilinishini talab etmaydi”, — deyiladi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati axborotida.

    Xususan, qonun loyihasida sohaga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, ov qilish hududlari, ov hayvonlarini tutish normalari va muddatlari, ov xo‘jaligini yuritishning asosiy qoidalari nazarda tutildi. Shuningdek, ov hayvonlari va ularning yashash muhiti ustidan davlat monitoringi tizimi joriy etilishi, ov qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning aniq ro‘yxati belgilanmoqda. Qonun loyihasida har bir yovvoyi hayvon turidan kelib chiqib, ularni ovlash uchun to‘lov miqdorlari ilk bor qonun darajasida mustahkamlanmoqda.

    Mamlakatda ov turizmini har tomonlama rivojlantirish va mazkur imkoniyatlardan to‘liq foydalanish maqsadida loyihada xorijiy fuqarolar uchun ov turizmining o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutilmoqda. “Qonun loyihasini tayyorlashda ilg‘or xorijiy mamlakatlar, xususan Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Turkiya, Rossiya va Qozog‘istonning sohaga oid tajribasi inobatga olinganligi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.

    Tadbirda qonun loyihasini qabul qilish ov hayvonlari resurslaridan oqilona foydalanish, ular hisobini yuritish, ularni ko‘paytirish va tutish normalarini tartibga solishga, ov turizmini rivojlantirishga hamda ov xo‘jaliklari holatini yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlangan.

    08.06.2019, 23:13   Izoh (0)   10462
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezident 21-mayni O‘zbekiston kutubxonachilari kuni deb belgilashni taklif qildi

    08.06.2019, 22:57

    O‘zbekistonda Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish respublika markazi tashkil etildi

    08.06.2019, 22:42

    O‘zbekistonda “elektron sog‘liqni saqlash” tizimini joriy etishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar ma’lum qilindi

    08.06.2019, 22:12

    OAV: Bo‘kadagi koloniyada mahkum boshqa bir mahkumni urib o‘ldirgan

    08.06.2019, 21:56

    Said-Abdulaziz Yusupov tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va uning tanasida biror-bir qiynoq alomatlari aniqlanmadi

    08.06.2019, 21:52

    Toshkentdagi 81 ta talab yuqori bo‘lgan maktablarda korrupsiyani oldini oluvchi yangi qabul tizimi joriy etiladi

    08.06.2019, 21:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Isroil Eronning AQSH bilan muzokara olib borgan barcha vakillarini yo‘q qildi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyun, 12:40

    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali

    Reklama | 14 iyun, 12:00

    Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 12:20

    Eron yadro dasturi haqida nimalarni bilish muhim?

    Dunyo | 14 iyun, 12:03

    Shohrux Xon va Rani Mukerji birgalikda yangi “Qirol” filmida suratga tushadi

    Kino | 14 iyun, 11:55

    Moody’s O‘zbekistonning reyting prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga o‘zgartirdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 11:35

    Eron oliy rahbari Isroilning zarbalarini urush e’loni deb atadi

    Dunyo | 14 iyun, 11:15

    Nima uchun avtomobilda ko‘ngil ayniydi va bunga qanday chora bor?

    Layfstayl | 14 iyun, 10:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.