Prezident qarori bilan Toshkentda Moskva energetika instituti filiali tashkil etildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Ushbu filialning vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
mamlakat energetika tarmog‘i uchun malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash;
zamonaviy ta’lim dasturlari va o‘qitish shakllarini ishlab chiqish;
sohaga oid ilmiy va innovatsion tadqiqotlar olib borish;
ta’lim va ilmiy-texnik sohada yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan munosabatlarni rivojlantirish;
ehtiyojga ko‘ra mazkur soha mutaxassislarining malakasini oshirish.
Filialning ta’lim faoliyati 2019/2020-o‘quv yilidan boshlanadi.
Izoh (0)