Ramazon hayiti munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ularda Prezidentga sog‘lik va muvaffaqiyatlar, mamlakat xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.
Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp;
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Mayk Pompeo;
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy;
Iordaniya Hoshimiylar podshohligi podshohi Abdulla Ikkinchi;
Kuvayt amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Ummon sultoni Qobus bin Said;
Singapur prezidenti Halima Yoqub;
Singapur bosh vaziri Li Syan Lun;
Jibuti prezidenti Ismoil Umar Gelle;
Afg‘oniston hukumati ijroiya kengashi raisi Abdulla Abdulla.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.
Izoh (0)