Toshkentda jamoat transporti 5-iyun kuni Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan ertalabki soat 4.00 dan boshlab yo‘nalishga chiqadi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ ma’lum qilgan.
Bu toshkentliklar va poytaxt mehmonlari hayit namoziga o‘z vaqtida yetib borishi uchun amalga oshirilayotgani bildirilgan.
Toshkentda hayit namozi vaqti soat 5.10 ga to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)