Ayni chog‘da Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar qilmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda kadrlar siyosati, viloyatning geografik tuzilishi, qoloqlikni keskin tanqid qilgan.
“Xalq deputatlari mahalliy Kengashiga hokim rais bo‘lmaydi. Deputatlarga 2 yilda katta imkoniyatlar berdim. Faqat qo‘l ko‘taradi”, - deya ta’kidlagan prezident.
“Yig‘ilish keskin tanqidiy ruhda boshlandi. Kadrlar siyosati, viloyatning geografik tuzilishi, qoloqlik keskin tanqid qilinmoqda. Prezident ayrim tuman va shahar rahbarlarini iqtisodni umuman tushunmasligini kuyunib ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.
“Qani ilm, qani tashabbus, qani yangilik”, — dedi prezident.
“Xatoni kechiraman, xiyonatni kechirmayman. Pora oldimi, tamom, u qamaladi. Men bugun taklif eshitgani kelganman. Menga maqtov kerakmas”, — deb aytgan prezident.
Izoh (0)