2-iyun kuni soat 00:25larda fuqaro A.U BMW-545 rusumli avtomashinani Farg‘ona shahri Quvasoy ko‘chasida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay qoldi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Avtomobil yo‘l chetidagi temir ustunga borib, urilgan. Oqibatda A.U jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)