Toshkent viloyati hokimligidagi prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda. Yig‘ilishda qayd etilishicha, viloyatdagi yo‘llar, maktablar va sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash uchun davlat budjetidan 400 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.
Mablag‘ quyidagicha taqsimlanadi:
- yo‘l qurilishi uchun - 100 milliard so‘m;
- maktablar uchun - 200 milliard so‘m;
- sog‘liqni saqlash tizimiga 100 milliard so‘m.
Izoh (0)