“Huquqiy axborot” kanali o‘quvchilarga maktab formasini kiyishda qo‘yiladigan talablarni eslatdi, deb yozadi UZ24.
Unga ko‘ra, kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi, qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan 5 - 15 sm pastda bo‘lishi, o‘g‘il bolalar uchun shimning uzunligi oyoq to‘pig‘idan pastda bo‘lishi, oyoq kiyimlar poshnasining uch santimetrdan baland bo‘lmasligi lozim.
Maktab formasining matosi o‘quvchilarning yoshiga, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga to‘liq javob berishi shart.
Eslatib o‘tamiz, 2019—2020-o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida zamonaviy yagona maktab formasi joriy etiladi.
Izoh (0)