Mudofaa vazirligi tomonidan 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan poytaxtdagi istirohat bog‘larida “Farzandlarimizga baxtli bolalikni ulashaylik” aksiyasi doirasida ko‘ngilochar tadbirlar va bayram tomoshalari namoyish etiladi.
Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, 1-iyun kuni soat 10:00 da quyidagi istirohat bog‘larida bayram tadbirlari namoyish etiladi:
- Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Mirzo Ulug‘bek” istirohat bog‘i;
- Shayxontohur tumanidagi “Anhor-Lokomotiv” istirohat bog‘i;
- Chilonzor tumanidagi “G‘ofur G‘ulom” istirohat bog‘i.
Shuningdek, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda Mudofaa vazirligi harbiy orkestrlari ham chiqish qilishi rejalashtirilgan. “Turon” harbiy-teatr studiyasi ham bolalarga mo‘ljallangan sahna ko‘rinishlari namoysh etadi.
Izoh (0)