Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev o‘tirgan samolyot Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo Neba” (“Toshkent osmonidagi yangiliklar”) Telegram-kanalida xabar berildi.
Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedev O‘zbekistonga rasmiy tashrifini boshlamoqda, deyiladi xabarda.
Avvalroq 29—30-may kunlari Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurishi ma’lum qilingan edi.
Tashrif doirasida Urganch shahrida hukumat rahbarlari darajasidagi O‘zbekiston-Rossiya Qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Izoh (0)