Italiyada o‘z xo‘jayinining Pansa shahridagi qabri oldida uni 10 yildan ortiq kutgan Nikoletta laqabli kuchuk vafot etdi, deb xabar beradi “TASS”.
Kuchukning egasi Alfred ismli shaxs bo‘lib, Iskya oroliga uzoq yillar oldin ko‘chib o‘tgan. U 2009-yilning yanvarida olamdan o‘tgan. Shundan so‘ng Nikotella uydan chiqib ketib, xo‘jayinining qabriga kelib olgan.
So‘nggi haftalarda kuchukning ahvoli og‘irlashgan: Nikolettada paydo bo‘lgan o‘simta uning harakatlanishiga xalaqit qilgan. Qabriston yaqinidagi mehmonxonaning egasi Enriko Mattera kuchukni veterinarga olib borgan va u yerda Nikotella “abadiy uyqu”ga jo‘natilgan. Shifokorning so‘zlariga qaraganda, kuchuk 14 yoshda bo‘lgan.
Shahar aholisi qabristonga Nikoletta sharafiga peshtaxta yoki biror yodgorlik o‘rnatishni taklif qilmoqda.
Izoh (0)