Isroil parlamenti — Knesset 29-may kuni o‘zini-o‘zi tarqatib yuborish uchun ovoz berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” ma’lum qildi.
Knesset hukmron koalitsiyani shakllantirishga muvaffaq bo‘lmadi. Mamlakat tarixida ilk bor parlament saylovlari hukumat tuzilishiga olib kelmadi.
Vakolatlarning muddatidan oldin tugatilishi uchun 74 deputat ovoz berdi, 45 kishi bunga qarshi chiqdi.
Qayta saylovlar 17-sentabrda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilmoqda.
Izoh (0)