Meksika harbiy-dengiz floti vazirligiga qarashli Mi-17 vertolyoti qulashi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Keretaro va San-Luis-Potosi shtatlari chegarasidagi Xalpan-de-Syerra tumani hududida o‘rmon yong‘inlari o‘chirilishiga jalb etilgan havo kemasi 24-may kuni halokatga uchragandi.
Maxsus guruh oradan bir kun o‘tib fojia joyiga yetib borgan va vertolyot qoldiqlariga duch kelgan. Hozirga qadar ekipajning 5 nafar a’zosi jasadlari topilgan. Ularning barchasi harbiy xizmatchilar bo‘lgan.
Izoh (0)