Bir qator OAVlarda Xitoyga o‘qish uchun jo‘nab ketgan O‘zbekiston fuqarolarining videomurojaatlari tarqaldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur murojaatlarda ular o‘zlarini yuborgan agentlik tomonidan shartnomaning ayrim bandlari bajarilmayotgani borasida shikoyat qilgan.
O‘zbekistonning Shanxay shahridagi bosh konsulxonasi murojaatchilar bilan aloqa o‘rnatdi va mazkur masalani nazoratga oldi.
TIV Konsullik-huquqiy departamenti O‘zbekiston fuqarolarining ularni xorijga jo‘natgan kompaniyaga nisbatan talablari qonuniyligini tekshirib ko‘rish uchun vakolatli organlarga so‘rovnoma yo‘lladi va hozirda mazkur idoralarning tegishli xulosasini kutmoqda.
Izoh (0)