Olmaotada 20—24-may kunlari O‘zbekiston—Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiyasi navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda 2019-yili O‘zbekiston—Qozog‘iston Davlat chegarasida o‘tkaziladigan dala demarkatsiya ishlari hajmi jadvali tasdiqlandi hamda davlatlararo chegaraning ayrim uchastkalari demarkatsiyasi bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalari tasdiqlandi.
Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra tegishli bayonnoma imzolandi.
Izoh (0)