21-may kuni “Daryo” internet nashri O‘zbekiston Milliy axborot agentligining “Avtomobil chiroqlari savdosi avjida: Kimlar foyda ko‘zlagan?” sarlavhali maqolasini chop etdi.
Ushbu maqolada muallif Akfa Lighting kompaniyasi ham avtomobil chiroqlarini ehtiyot qismlari bozoriga olib kirgani, biroq ular yangi bo‘lgani uchun chiroqlarni bozorda uchratmaganini yozgan.
Akfa Lighting kompaniyasi “Daryo” internet nashriga xat yo‘llab, ushbu ma’lumot asossiz ekanligini, kompaniya avtomobil chiroqlarini ishlab chiqarmayotgani va kelgusida ham rejalashtirilmayotganini ma’lum qildi. Biroq, “Daryo” da chop etilgan xabarga asos bo‘lgan O‘zbekiston milliy axborot agentligidagi maqola haligacha agentlik saytida turibdi. Shuningdek, agentlik o‘z maqolasiga raddiya ham e’lon qilmadi.
Izoh (0)