Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiy Vazirlar Mahkamasiga iste’foga chiqishni taklif qildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Prezident bu haqda inauguratsiya marosimida aytib o‘tgan.
“Men Amerika prezidenti bo‘lgan aktyorning so‘zlarini keltirmoqchiman: ‘Hukumat bizning muammolarimizni hal qilmaydi, hukumat bizning muammomiz aslida’. Men qo‘l qovushtirib o‘tirib, bizga hech narsa qilolmasligimizni aytadigan hukumatni tushunmayman. Siz qo‘lingizga ruchka va qog‘oz olib, o‘rningizni keying saylovlar haqida emas, kelgusi avlod haqida o‘ylaydigan insonlarga ajratib berishingiz mumkin”, — dedi Zelenskiy.
Izoh (0)