Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda, Oliy Radadagi inauguratsiya marosimida mamlakat xalqiga qasamyod keltirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Parlamentdagi marosimda unga prezidentlik ramzlari — ko‘krak nishoni, gerbli muhr va cho‘qmor topshirildi. Rada yig‘ilishida deputatlardan tashqari 50 dan ortiq xorijiy delegatsiya ishtirok etdi.
Inauguratsiyadan so‘ng Zelenskiy Ukraina qurolli quchlari qo‘shinlari qo‘mondonlari bilan uchrashadi, so‘ng chet el delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Vladimir Zelenskiy Ukrainaning hisob bo‘yicha oltinchi prezidenti bo‘ldi.
Izoh (0)