Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi MChJ nomiga xorijdan umumiy qiymati 17 749 AQSh dollariga teng bo‘lgan 15570 kilogramm parda mahsulotlari uchun mato xomashyosi tovari olib kelinishi lozim edi. Bu haqda “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Bojxona ko‘rigi davomida tovarning TIF TN kodiga aniqlik kiritish maqsadida ulardan belgilangan tartibda namunalar olib, kompleks ekspertizaga yuborildi.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu tovarlar xomashyo emas, balki tayyor parda matolari ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Olib qo‘yilgan ushbu matolarga nisbatan 2,1 milliard so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi va jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)