Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Kamolon mahallasining qariyb 130 xonadoniga eltuvchi yo‘l qabriston ichidan o‘tgan. Ba’zi uylar qabrlarga tutashib ketgan. Mahallaning mingdan ziyod aholisi marhumlar bilan bir devor qo‘shni bo‘lib yashashga va uyga kirib-chiqishda qabriston oralab yurishga majbur bo‘lmoqda, deb yozadi UZ24.
Aslida o‘tgan yili bu muammoni bartaraf qilish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan, biroq respublika ishchi guruhining o‘rganishlaridan so‘ng bu masala haqida hech kim bosh qotirmagan.
Izoh (0)