15.05.2019-yil soat 12:40 larda Tayloq tuman IIB HPB IIO profilaktika katta inspektori A.S. 420-sonli militsiya tayanch punktidagi xizmat xonasida fuqaro N.M.dan tuman hokimining binoga bo‘lgan egalik qilish haqidagi qarorini chiqartirib berish evaziga oldindan kelishilgan 70 ming AQSh dollaridan 60 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan 15.05.2019 yilda viloyat prokuraturasi tomonidan A.S.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)