Ekvador hukumati AQShga WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning hozirda mamlakatning Londondagi elchixonasida saqlanayotgan buyumlari va hujjatlarini topshiradi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
El Pais nashriga ko‘ra, Assanj yashagan xonada 20-may kuni tintuv o‘tkaziladi. AQSh tomoniga u foydalangan kompyuterlar, mobil telefonlar, xotira kartalari va boshqa saqlovchi vositalar, hujjatlar topshiriladi.
Ekvador bosh prokuraturasi qabul qilingan mazkur qaror haqida Assanjning mamlakatdagi advokati Karlos Povedani ogohlantirgan.
Izoh (0)