Kiyev Rossiya bilan chegarada yadroviy zaryad o‘rnatishi kerak. Bu fikr Ukrainadagi Yevro-Atlantika hamkorlik instituti mutaxassisi Igor Koziy tomonidan Obozrevatel TV efirida aytib o‘tildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yadro-minali to‘siqlar “Rossiya tajovuzini to‘xtatish va uning keng ko‘lamli bosqinchilik harakatini oldini olish” uchun samarali vosita hisoblanadi. U Sovuq urush davrida Germaniya ham shunday usuldan foydalanganini ta’kidlagan.
Igor Koziy, shuningdek, Ukraina taktik yadro qurollarini ham, ularni yetkazib berish vositalarini ham rivojlantirishga qodir ekanini qo‘shimcha qilgan. Biroq, uning aytishicha, bunday ishlarni Isroilning yadro dasturi kabi butunlay maxfiylik sharoitida amalga oshirish kerak — Tel-Aviv mamlakatda atom quroli borligini hech qachon tasqidlamagan, inkor ham etmagan.
Koziyning fikricha, Ukrainada yadro poligoni yo‘qligi va bomba ishlab chiqarishning serxarajatligi ushbu rejani amalga oshirishdagi muammoli jihat hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 1994-yilning 5-dekabrida Vengriya poytaxtida Ukraina, AQSh, Rossiya va Buyuk Britaniya rahbarlari tomonidan Budapesht memorandumi imzolangan bo‘lib, ushbu hujjat Kiyevni amalda yadroviy quroldan mahrum qilgan.
Izoh (0)