AQSh Venesueladagi siyosiy inqiroz sabab u yerga harbiy-tibbiy kemani yuborish niyatida. Bu haqda Amerika hukumatiga tayanib, Reuters xabar berdi.
AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensning ma’lum qilishicha, Comfort kemasi mamlakatda tibbiy yordamga muhtoj barchaga ko‘mak berish uchun yuboriladi.
“Prezident Donald Trampning topshirig‘iga ko‘ra, iyun oyida AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Karib dengizi, Markaziy va Janubiy Amerika hududlariga yo‘naltiriladi”, — deydi siyosatchi.
Pensning qayd etishicha, kema venesuelalik qochoqlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
2018-yilda AQSh Janubiy Amerikaga tibbiy kemani yuborgan edi. O‘shanda kema Gonduras, Ekvador, Peru va Kolumbiyada to‘xtab, aholiga yordam ko‘rsatgan.
Izoh (0)