La Depache nashri Fransiyaning Tuluza shahri yaqinida noma’lum shaxs tamaki do‘konidagi bir guruh insonlarni asirga olgani haqida xabar bergandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxs tomonidan qo‘lga olingan barcha asirlar ozod etilgan.
Avvaliga 17 yoshli o‘smir 30 yoshli ayolni qo‘yib yuborgan, oradan bir soat o‘tgach yana uch nafarini ozod qilgan. Yigitchaning o‘zi hamon do‘kon ichida ekanligi aytilmoqda. U o‘zini “Tuluzadagi ‘sariq nimchalar’ning qurollangan qanoti” a’zosi ekanligini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga u hech qanday talabi yo‘qligini aytgan.
Mahalliy politsiya esa buni amalga oshmay qolgan o‘g‘irlik deya baholamoqda, uning terrorizmga hech qanday aloqasi yo‘q.
Izoh (0)