2018-yil 26-noyabr kuni Sergeli avtomobil bozorida farg‘onalik Hasanjon E. Sarvar Yu.dan korxonalarning birining hisobida turuvchi Malibu 2 rusumli avtomobilni 40 ming dollarga xarid qiladi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oldindan to‘lov tariqasida Sarvarga 5000 dollar beradi, qolgan summani esa 2 yil davomida har oy 2000 dollardan berishga kelishadi. Ammo va’dasida turmasdan, mashinani boshqa shaxsga sotib, pullarni sarflab yuboradi.
Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) 4-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)