Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov Belarusda bo‘lib turibdi. Bu haqda u Facebook‘dagi sahifasida ma’lum qildi.
Allamjonov bu davlatga Belarus Axborot vaziri Aleksandr Karlyukevichning shaxsan taklifi bilan borgan.
“Tashrifdan ko‘zlangan maqsad OAV, media, noshirlik, matbaa va kitob chop etish sohasida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida shartnoma loyihalarini muhokama qilishdan iborat.Shuningdek, ‘Belarus ommaviy axborot vositalari‘ XXIII xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasida ishtirok etishni ham rejalashtirganmiz”, — deya ta’kidlagan Komil Allamjonov.
Izoh (0)