Samarqandda 2019—2021-yillarda quriladigan mehmonxonalarning manzilli ro‘yxati shakllantirildi. Bu haqda viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Farhod Majidov ma’lum qildi, deya xabar beradi Zarnews.
Dasturga ko‘ra, Bo‘stonsaroy ko‘chasida —“Yoshlik” stadioni o‘rnida 242 o‘rinli besh yulduzli mehmonxona quriladi. Bu loyihani amalga oshirishni Abu Dabi rivojlantirish fondi zimmasiga olgan.
Shuningdek, Amir Temur ko‘chasida “Ipak yo‘li” fondi (Xitoy) va Milliybank hamkorligida turizm kompleksi loyihasi amalga oshirilib, 250 o‘rinli ikkita besh yulduzli mehmonxona quriladi.
Namozgoh va Muqimiy ko‘chalari hamda Bo‘stonsaroy va Ulug‘ Tursunov ko‘chalari kesishmalarida biri 240, ikkinchisi 200 o‘rinli to‘rt yulduzli mehmonxona barpo etish loyihasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Bu borada germaniyalik tashabbuskorlar bilan kelishuv shartnomalari tayyorlangan.
Izoh (0)