Toshkentda Janubiy Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari qayd etildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Chilonzor tumani prokuraturasidan 29-aprel kuni kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2017-yil sentyabrida samarqandlik Luiza X. hamyurti, 36 yoshli G‘ofur G‘.ni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishga va’da qiladi. Buning uchun 7 ming dollar olib, ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.
Yunusobod tuman IIBga shu kuni kelgan xabarda bildirilishicha, 2018-yil oktyabrida Toshkent viloyatilik Dilmurod K. 28 yashar Akbar X.ning ishonchiga kirib, Janubiy Koreyaga yuborish uchun 1750 dollar oladi. Biroq va’dasini bajarmaydi va olgan pullarini sarflab yuboradi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)