1-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.
Surxondaryo viloyatiga hokim tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan To‘ra Bobolov nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya qildi.
***
O‘zbekistonda yil oxiriga borib ilk pullik avtomobil yo‘li qurilishi boshlanadi.
Toshkent va Samarqand shaharlarini bog‘lovchi ushbu yo‘l 2021-yil oxirida foydalanishga topshiriladi.
Hujjatga ko‘ra, Toshkent — Samarqand pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi Turkiya kompaniyalari konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladi.
***
Andijonda Nexia’ga o‘rnatilgan nosoz gaz balloni portladi. Uch kishi voqea joyida vafot etdi.
Tezkor surishtiruv ishlari davomida hodisa avtomashinaga o‘rnatilgan metan gaz balloni nosozligi oqibatida sodir bo‘lgani aniqlangan. Natijada haydovchi va yo‘lovchi sifatida ketayotgan uning mahalladoshlari 1973-yilda tug‘ilgan B.H. hamda 1975-yilda tug‘ilgan J.B.lar og‘ir jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.
***
Qashqadaryoda chaqiruvga mast holda borgan shifokor ishdan bo‘shatildi.
28-aprel kuni 9 yoshli bemorga yordam ko‘rsatish maqsadida Qiyot qishlog‘idan soat 22:30 da chaqirilgan tez yordam xizmati mashinasi rosa bir soat deganda yetib keladi. Buning ustiga shifokor oyoqda tura olmaydigan darajada mast holatda bo‘ladi.
***
Surxondaryodagi To‘polang GES hududida Sharof Rashidovning kelgusi avlodlarga maktubi saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.
Bu maktub Sharof Rashidovning “To‘polang” gidrouzelini qurish vaqtidagi tashrifi davomida qoldirilgan.
Yodgorlik ustiga Sharof Rashidovning yoshlarga qoldirgan xati 2180-yili ochilishi lozimligi yozilgan.
Izoh (0)