2018-yilning aprel oyiga nisbatan respublika iste’mol sektoridagi o‘rtacha narxlar 13,7 foizga oshdi.2019-yilning aprel oyida tovarlar va xizmatlarning iste’mol narxlari o‘rtacha 0,9 foizga ko‘tarildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi keltirgan ma’lumotlarga tayanib Spot xabar qiladi.
Umumiy hisobda 2019-yilning yanvar-aprel oylari davomida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari 5,3 foizga qimmatlashdi. 2018-yilning aprel oyiga nisbatan respublika iste’mol sektoridagi o‘rtacha narxlar 13,7 foizga oshdi.
Tovarlar oy davomida 1,0 foiz, jumladan oziq-ovqat mahsulotlari 1,0 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 1,1 foizga qimmatlashdi. Xizmatlar narxlari esa 0,6 foizga oshdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari:
2019-yil boshidan ushbu guruh mahsulotlari narxi o‘rtacha 7,4 foizga qimmatlashdi. Yil davomida (2019-yil aprel oyi 2018-yilning aprel oyiga nisbatan) mazkur guruh mahsulotlari narxlari 16,0 foizga ko‘tarildi.
Oziq-ovqat mahsulotlaridan narxlarning o‘sishi borasidagi yetakchilik so‘nggi ikki oy davomida meva-sabzavot hamda sut mahsulotlari guruhiga tegishli bo‘lib qolmoqda (narxlar mos ravishda 2,4 foiz va 1,1 foizga qimmatlashgan).
Umumiy hisobda, 2019-yilning yanvar—aprel oylari davomida narxlarning o‘sishi bo‘yicha yetakchi uchlikni meva-sabzovot (20,5 foiz), sut mahsulotlari (9,3 foiz) va umumiy ovqatlanish (8,8 foiz) narxlari band etgan.
Xizmatlar va nooziq-ovqat mahsulotlar:
Joriy yilning yanvar—aprel oylari davomida ushbu guruh mahsulotlari narxi 3,9 foizga qimmatlashdi. 2018-yilning aprel oyiga nisbatan nooziq-ovqat mahsulotlarning yillik narxlar o‘sishi 11,1 foizni tashkil etgan.
Aprel oyida nooziq-ovqat mahsulotlar guruhlaridan birmuncha katta salmoq vaznga ega bo‘lganlari orasida narxlarning asosiy qimmatlashishi tamaki mahsulotlari (5,0 foiz), shaxsiy gigiyena tovarlari, mato va eshilgan iplar (2,1 foiz) guruhlarida qayd etilgan.
Har bir tovarlar guruhining salmoq vaznlarini inobatga olgan holda narxlarning o‘sishi va ularning umumiy INI ko‘rsatkichiga ta’sir darajasi bo‘yicha yetakchi o‘rin kiyim-kechak mahsulotlariga tegishli bo‘lib, narxlarning 0,9 foizga qimmatlashishi umumiy INI o‘sishiga 0,6 f.d.da ta’sir etgan.
Izoh (0)