Hukumatning 29-apreldagi qarori bilan Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.
Nizomga muvofiq, institut bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish “Bojxona ishi” va “Yurisprudensiya” yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
- dastlabki tanlov;
- maxsus kasbiy tanlov;
- test sinovlari.
Dastlabki tanlov quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
- hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;
- yakka tartibda suhbatlashish;
- individual-psixologik o‘rganish;
- umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
- tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
- psixofiziologik o‘rganish;
- tibbiy ko‘rik;
- yozma ish (diktant);
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha baholash;
- yakka tartibdagi yakuniy suhbat.
Izoh (0)