“Elektron gashtak” o‘yinini yaratib, u orqali moliyaviy piramida hosil qilgan Norqul Rahmatov 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Repost xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, u virtual o‘yinning har bir ishtirokchisiga 600 ming so‘m va’da qilgan. Shuningdek, do‘stlarini ham shu guruhga jalb qilganlarga bonuslar taqdim etgan. Ishtirokchilar o‘yinning keyingi bosqichiga o‘tib, yana ham ko‘proq pul ishlagan. Uning virtual o‘yinini 7 ming kishi o‘ynagan.
Aybdor 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi va EKOIHning 100 barobar miqdorida jarimaga tortildi.
“Bundan tashqari sud uni yetkazilgan zararni to‘lashga majbur qildi”, — deydi sudya G‘ayrat Negmatov.
Izoh (0)