Namanganda Yoshlar ittifoqi tomonidan o‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan hamda muddatli harbiy xizmatni o‘tab imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun shartnoma pulining 35 foizi to‘langanini bildiruvchi sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Abdulaziz Mo‘minovga ko‘ra, joriy o‘quv yilida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining 393 nafar talabalariga jami 1 103 735 714 so‘m miqdordagi to‘lov-shartnoma pullari to‘lab berildi.
Ushbu imtiyozlar berilishida talaba-yoshlarning tashkilot tizimida amalga oshirgan ishlari, faolliklari, jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi inobatga olindi.
Sertifikat topshirish marosimi davomida konsert dasturi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Izoh (0)