23-aprel, seshanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining beshinchi kungi janglariga start berildi.
O‘zbekiston bokschilar ishtirokidagi dastlabki jangda erkaklar o‘rtasida -60 kg vazn toifasida Shukurjon Rahimov turkmanistonlik Xursand Imankuliyevga qarshi ringga ko‘tarildi.
Jang muddatidan avval 2-raundda to‘xtatildi. Boisi Shukurjonning qoshi yorildi. Shunga qaramay o‘zbekistonlik bokschi ochkolar hisobida oldinda borayotganligi uchun, g‘alaba Shukurjon hisobiga yozildi va u musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bugun 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi musobaqaning yarim finaliga chiqish uchun ringga chiqishi haqida xabar berilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)