22-aprel, dushanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining to‘rtinchi kunida navbatdagi janglar o‘tkazilmoqda.
Ayollar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik E’zoza Meliyeva xitoylik Lina Vangga mag‘lub bo‘lib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Avvalroq erkaklar o‘rtasida o‘zbekistonlik ikki nafar bokschi Nodirjon Mirzaahmedov hamda Miraziz Mirzahalilov ham g‘alaba qozonib, kamida bronza medalni naqd qildi. Shuningdek, ayollar o‘rtasida Yodgoroy Mirzayeva va Shahnoza Yunusova ham raqiblarini mag‘lub etib, yarim finalga chiqqandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)