• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.92
    • RUB155.96
    • EUR14630.36
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hukumat Sergelidagi uylarning narxini tushirish bo‘yicha qanday qaror qabul qilgani 11-may kuni ma’lum qilinadi

    So‘nggi vaqtlarda Sergeli tumanining 5-dahasida barpo etilgan arzon uylarning sifati va narxi masalasi ayrim e’tirozlarga sabab bo‘layotgan, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama etilayotgan edi.

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    “Daryo”ning hukumatdagi manbasining xabar berishicha, 11-aprel kuni Sergeli tuman hokimligida Hukumat a’zolari ishtirokida ushbu uylarda istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgandi.  Unda tumandagi arzon ko‘p qavatli uylarning narxlari, qurilishning sifati va yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar muhokama qilinib, fuqarolarning murojaatlari tinglangan edi. Sayyor yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalarni joyining o‘zida o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha ikkita komissiya tuzildi.

    Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev rahbarligidagi komissiyaga uylarning narxlari masalasini o‘rganish, ularni imkon qadar arzonlashtirish bo‘yicha taklif ishlab chiqish, qurilish vaziri Abduqahhor To‘xtayev rahbarligidagi komissiyaga qurilishdagi kamchiliklarni o‘rganish va joyining o‘zida bartaraf etish vazifalari topshirildi.

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    21-aprel kuni ushbu komissiyalarning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiyalar rahbarlarining hozirga qadar bajargan ishlari haqida axborotlari tinglandi.

    Qurilish vaziri 2 686 ta xonadon o‘rganilgani, ulardan 283 tasida kamchilik aniqlangani va bartaraf etilgani, hech kim yashamayotgani sababli 155 ta xonadonni o‘rganish imkoni bo‘lmaganini ma’lum qildi.Iqtisodiyot va sanoat vaziri respublika miqyosida qurilish materiallarining narxlari tahlil qilinayotgani, ularning katalogi tayyorlanib, davlat tomonidan qurilish tashkilotlari va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarga berilgan imtiyozlarning qo‘llanilishi o‘rganilayotgani, bank marjasi va sug‘urta pulini kamaytirish bo‘yicha ishlar davom ettirilayotgani haqida axborot berdi.

    Komissiyalarning axborotlari tanqidiy muhokama qilindi. Ularga ishni yanada jadallashtirish, komissiyalar faoliyatiga jamoatchilik vakillari, shu xonadonlarda yashaydigan fuqarolarni keng jalb etish zarurligi ta’kidlandi. Ijtimoiy uylar qurilishini biznesga aylantirib yuborishga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy uqtirildi.

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    Shundan so‘ng komissiyalar a’zolari Sanobarxon Sodirova yashaydigan 18-uy, 45-xonadonda bo‘lib, bu yerda bajarilgan qo‘shimcha ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

    “Men uyimizning qurilish sifatidan shikoyat qilgan edim. Uch kun ichida hamma kamchiliklar tuzatildi. Ochig‘i, bunday e’tiborni kutmagan, chala ishlar tezda yakuniga yetkazilishiga ishonmagan edim. Bundan juda xursandmiz”, – deydi Sanobarxon Sodirova.

    29-uyda yashovchi fuqarolar ham qo‘shimcha ta’mirlash ishlaridan mamnunliklarini bildirdi. Shu bilan birga, bu yerda xotin-qizlarning ayrimlari ishsizligi, ish joyi uzoqda bo‘lgani uchun qatnashga qiynalayotgani haqida so‘zlashdi. Komissiya tomonidan shu yerning o‘zida qisqa muddatda tikuvchilik korxonasi tashkil qilish va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha aniq vazifa belgilab olindi.28-uy ahli bilan muloqotlar ham qizg‘in kechdi.

    “Men ko‘p mamlakatlarda bo‘lganman. Rivojlangan davlatlarda ham aholining ko‘pchiligi ijarada yashaydi. Yurtimizda uyga muhtoj fuqarolar uchun mana hozir yoppasiga arzon uylar qurilyapti. Biz ham o‘z uyimizga ega bo‘ldik. Bularning hammasi uchun avvalo shukr qilishimiz, yoshlarimizni boqimandalikka o‘rgatib qo‘ymasligimiz kerak”, – dedi nafaqadagi o‘qituvchi Mavluda Salohiddinova.

    Komissiyalar a’zolari xonadonma-xonadan yurganini eshitib, aholi yig‘ila boshladi va ular bilan muloqot qizib ketdi. Hududda infratuzilmani rivojlantirish, qo‘shimcha maktab, maktabgacha ta’lim, tibbiyot muassasalari qurish masalalari o‘rtaga tashlandi.

    Komissiya a’zolari bu yerda davlat dasturlarida ko‘zda tutilganidan tashqari yana 4 ta maktab va 4 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 1 ta poliklinika qurilishi shu yilning kuzida yakuniga yetkazilishini ta’kidladi. Transport qatnovi masalalari ham hal etilishi aytib o‘tildi.

    “Ko‘rib turibsiz, davlatimiz fuqarolar uchun yaxshi sharoitlar yaratayapti. O‘zingiz ayting, o‘tgan yillarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, o‘z uy-joyiga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun shunday keng miqyosda uylar qurilganmi? Albatta, yo‘q. Endi o‘zingiz shu uylarda yashayapsiz, kamchiliklari mana tuzatildi. Bu ishlar davlatimizning doimiy nazoratida ekani barchamizni xursand qiladi”, – dedi “Nuroniy” jamg‘armasi Markaziy Kengashi raisining o‘rinbosari Sharof Ubaydullayev.

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    Uchrashuvda hududda mahalla fuqarolar yig‘inlarini tashkil etish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tuzish va ularning rahbarlarini shu yerdagi faollar orasidan saylash taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

    Belgilangan barcha ishlar sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, xotin-qizlar qo‘mitalari faollaridan iborat jamoatchilik nazorati guruhi tashkil etildi.

    Eslatib o‘tamiz, komissiyalar o‘z ishlarini davom ettirmoqda. 11-may kuni uylar qurilishida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, uylar narxlarini tushirish bo‘yicha qilingan ishlar haqida bu yerda yashaydigan fuqarolar oldida batafsil hisobot beriladi.

    22.04.2019, 10:35   Izoh (0)   22027
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasiga yangi avtomobillar berildi (foto)

    22.04.2019, 10:30

    2019-yilning dastlabki oyida dunyoda 100 mingdan ortiq odamlar qizamiqqa chalindi

    22.04.2019, 10:19

    Samarqandga kelgan sel Damas‘ni oqizib ketdi (video)

    22.04.2019, 08:25

    Qanday hollarda xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlanadi?

    21.04.2019, 22:05

    O‘zbekistondagi pochta bo‘limlarida gaz uchun to‘lov qilgan iste’molchilardan foiz ushlab qolinmoqda

    21.04.2019, 21:50

    Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar savdo yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

    21.04.2019, 20:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31

    “Skibidi”, “delulu”: Kembrij lug‘atiga TikTok’da mashhur bo‘lgan o‘smirlar so‘zlari qo‘shildi

    19 avgust, 10:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yangi Toshkent darvozalari biznes qilaman, degan barcha tadbirkorlar uchun hamisha ochiq bo‘ladi” — prezident

    O‘zbekiston | 20 avgust, 13:57

    Andijon va Toshkent viloyatida fuqarolarni pul evaziga Latviyaga ishga jo‘natmoqchi bo‘lganlar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 avgust, 13:54

    Dunyo miqyosida qahva narxi keskin oshdi

    Dunyo | 20 avgust, 13:30

    KXDR Janubiy Koreya prezidentini ikkiyuzlamachilikda aybladi

    Dunyo | 20 avgust, 13:15

    Eski Gollivud yulduzlariga quyib qo‘ygandek o‘xshaydigan zamonaviy aktyor va aktrisalar

    Shou-biznes | 20 avgust, 12:58

    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi

    Reklama | 20 avgust, 12:00

    Italiya murabbiylari assotsiatsiyasi Isroil terma jamoasini musobaqalardan chetlatishni talab qilmoqda

    Dunyo | 20 avgust, 12:48

    O‘zbekistonda Namunali xavfsiz uylar tashkil qilinadi

    O‘zbekiston | 20 avgust, 12:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.