17-aprel kuni isitmasi ko‘tarilgan Tailand qirolichasi Sirikit Chulalongkorn kasalxonasiga yotqizildi, deb xabar berdi “TASS”.
Xabarda aytilishicha, infeksiya oqibatida isitma paydo bo‘lganidan so‘ng shifokorlar unga kasalxonaga yotishni tavsiya qilgan.
2018-yilning 19-avgustida ham isitmasi ko‘tarilgan va yo‘tali tezlashgan 86 yoshli qirolicha shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar unga gripp tashxisini qo‘ygan. 11 kunlik davolanishdan so‘ng qirolicha Chulalongkorn kasalxonasidan chiqqan.
Izoh (0)