Portugaliyaning Madeyra orolida turistlar tushgan avtobus avariyaga uchrashi oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Qurbonlarning 17 nafari erkak va 11 nafari ayol. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning barchasi Germaniya fuqarolari. Yana 28 kishi kasalxonaga yetkazilgan.
Avariya chorrahada ro‘y bergani, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, trassa yaqinidagi binoga urilgani bildirilmoqda.
Izoh (0)