Sudanning yetakchi muxolifat tashkiloti — Professionallar assotsiatsiyasi Harbiy kengashni mamlakatda hokimiyatni zudlik bilan muvaqqat fuqarolik hukumatiga topshirishga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Tashkilot bayonotiga ko‘ra, ushbu hukumat armiya tomonidan himoya qilinishi lozim.
Muxolifatchilar bu maqsadlariga yetgunga qadar namoyishlar va “bosimning boshqa shakllari”dan foydalanishini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Sudanni boshqarib turgan harbiylar ikki yillik o‘tish davrini belgilab, shundan so‘ng hokimiyat fuqarolik hukumatiga topshirilishini bildirgandi.
Izoh (0)