Feldmarshal Xalifa Xaftar boshqaruvidagi Liviya milliy armiyasi qiruvchi samolyoti poytaxt Tripoli janubida halokatga uchradi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Samolyot Liviya milliy yarashuv hukumatiga bo‘ysinuvchi qurolli kuchlar tomonidan urib tushirilgani, u Vodiy ar-Robiy aholi punktiga hujum qilishni rejalashtirgani bildirilmoqda.
Xaftarning vakillari ham MiG-21 raketa yordamida urib tushirilganini tasdiqladi. Uning uchuvchisi katapultani amalga oshirgani va tirik qolgani aytilmoqda.
Izoh (0)