Harbiy to‘ntarish oqibatida lavozimidan tushirilgan Sudan prezidenti Umar al-Bashir Gaagadagi xalqaro jinoiy sudga topshirilmaydi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Mamlakatning vaqtinchalik harbiy ma’murlariga ko‘ra, al-Bashir Sudanning o‘zida sud qilinadi.
Xalqaro jinoiy sud Umar al-Bashirni hibsga olish uchun 2010-yilda order bergandi. U 2003-yilda boshlangan va yuz minglab kishi qurbon bo‘lgan Darfurdagi mojaro davomida genotsidga yo‘l qo‘yganlikda ayblanadi.
Izoh (0)