Suriyaning Hama shahrida bir guruh xudkush terrorchilar harbiylarga hujum qildi, deb xabar berdi “RBK”.
Terrorchilar belida portovchi qurilma o‘rnatilgan bo‘lgan. Hujum oqibatida uch kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida suriyalik harbiylar bo‘lganmi-yo‘qmi ma’lum qilinmagan.
Hujum harbiylar tomonidan vaqtida aniqlangan va bartaraf etilgan.
Xabarda aytilishicha, bunday hujum turi IShID terrorchilari tomonidan muntazam uyushtiriladi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)