Rossiya oltin-valyuta zaxiralari 2019-yil 1-aprel holatiga 487,8 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Bu oxirgi 5 yil davomidagi maksimum ekanligi bildirilmoqda. 2014-yil 1-mart holatiga bu ko‘rsatkich 493,3 milliard, 1-aprelda esa 486 milliard dollarga teng bo‘lgandi.
5 yil davomida oltin-valyuta zaxiralari strukturasida oltinning ulushi ikki barobar — 8,9 foizdan 18,5 foizga yetdi.
Izoh (0)