• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12858.15
    • RUB159.71
    • EUR14505.28
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Sel kelganda 2–3 kun loyqa suv ichamiz”. Kitob tumanidagi qishloq aholisining yarmi ariqdan kelgan suvni iste’mol qilmoqda

    “Ozodlik”ning Telegram’dagi darakchisi ommaga “Mahalliy rahbarlar yuqoriga qishlog‘imiz haqida soxta ma’lumot berib kelmoqda” sarlavhali xabar ulashdi. Mazkur xabarda Kitob tumanidagi “Xo‘jailmkoni” qishlog‘i aholisi ichimlik suvi muammosiga duch kelayotgani, qishloqqa suv keltirish uchun 327 million so‘mdan ortiq mablag‘ behuda sarflangani haqida yoziladi. Shuningdek, murojaatchi qishloqdagi ziyoratgoh ham ta’mirga muhtoj ekanligini qo‘shimcha qiladi.

    Foto: Telegram

    Haqiqiy holatni o‘rganish maqsadida “Daryo” muxbiri Kitob tumanining “Xo‘jailmkoni” qishlog‘ida bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    — Qishlog‘imiz aholisining qariyb 50 foizi azaldan ichimlik suvi bilan ta’minlangan edi, — deydi “Xo‘jailmkoni” MFY raisi Sayfiddin Isomiddinov. – Qolgan 150–160 ta xo‘jalik suvsiz bo‘lgani sababli davlat Dasturiga ko‘ra, 2018-yil 327 million mablag‘ evaziga qishloq boshidagi tabiiy buloq suvidan quvur orqali ichimlik suvi keltirildi. Hozirda qishlog‘imiz ahlida ichimlik suvi bilan bog‘liq muammo yo‘q.

    MFY raisi Sayfiddin Isomiddinov.

    MFY raisi Sayfiddin Isomiddinov.
    Foto: “Daryo”

    Mahalla raisiga ko‘ra, ichimlik suvi qishloq boshidagi tabiiy “Xo‘jailmkoni” buloq suvidan quvur yordamida 2,5 kilometr masofadan tortib keltirilgan.

    — Aslida 327 million so‘mga “Al-Jamhur” qurilish firmasi ishchilari buloq suvini 2 km masofagacha olib kelishi rejalashtirilgan edi. Ammo quruvchi tashkilot rahbari homiyligida yana 500 metr masofa qo‘shildi, — deydi mahalla raisi Sayfiddin Isomiddinov.

    Qishloqda yashovchi aholi vakillarining aytishicha, 327 million so‘m mablag‘ evaziga tortib kelingan ichimlik suvi aholi ehtiyojini qondirmayapti.

    — 327 million 500 ming so‘m mablag‘ evaziga 2 kilometr masofadan “shlang” tortib kelishdi xolos, — deydi ushbu hududda yashovchi Sherzod Mirzayev. – Shuyam bo‘lsa, aholi yashash hududigacha olib kelinmadi. Shuning uchun ham qishloq aholisi 150 ming so‘mdan yana pul yig‘ib, ko‘chasigacha “shlang” tortdi. Ammo suv ba’zan keladi, ba’zan esa yo‘q. Murojaat qilganimizdan so‘nggina, suvni qo‘shib qo‘yishdi.

    Sherzod Mirzayev.

    Sherzod Mirzayev.
    Foto: “Daryo”

    MFY raisi Dasturda aholi xonadoniga qadar suv tortib borish ko‘zda tutilmaganligini aytdi.

    — Buloqdan quvur orqali olib kelingan suvni xonadon ichkarisiga olib kirish “smeta”da belgilanmagan, — deydi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Sayfiddin Isomiddinov. — Dasturga ko‘ra, suv quvurlari aholi yashovchi ko‘cha boshigacha olib borilishi ko‘zda tutilgan. Aholining yana pul yig‘ganidan esa xabarim yo‘q.

    Sherzod Mirzayev qishloqdoshlari aholini suv bilan ta’minlash mas’uliyatini tuman “Suvoqova” korxonasi mahalla fuqarolar yig‘ini zimmasiga yuklashi va kelajakda suv bilan bog‘liq nosozliklar yana mahalla gardaniga tushishidan xavotirda ekanligini bildiryapti.

    — Aholini suv bilan ta’minlash ishlarini mahalla zimmasiga yuklab qo‘yishlarini hech qachon ko‘rmaganman, — deydi Sherzod Mirzayev. — “Suvoqova” qishloqni suv bilan ta’minlash mas’uliyatini mahalla zimmasiga yuklasa, mavjud uskunalarni mahalla balansiga o‘tkazsa, kelajakda suv bilan bog‘liq nosozliklar masalan “shlang” teshilishi yoki motor kuyishi kabi muammolar yana yig‘-yig‘ orqali hal etiladimi?

    Ushbu qishloqning yoshi ulug‘ insonlaridan biri Muxtor Rahimovning aytishicha, qishloqqa buloq suvini quvur orqali tortib kelish orqali aholining ichimlik suvi muammosi hal etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, maqsadga erishilmadi.

    — Buloqdan tortib kelingan suv ba’zan chiqib, ba’zan chiqmay qolyapti, — deydi Muxtor Rahimov. – Shu sababli ham xonadoniga suv bormagan yurtdoshlarimiz 300–400 metr masofadan suv tashib keltirib ichyapti. Qo‘shni qishloq Nimgida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida davlat Dasturiga ko‘ra ajratilgan mablag‘ga artizan quduq qazishgandi. 130–200 metrdan toza ichimlik suvi chiqibdi. O‘sha artizan quduqdan bugungi kunda 27 ta jo‘mrak orqali 315 ta xonadon suv ichyapti. Ichimlik suvi muammosi yo‘q ularda. Bizga suv keltirish uchun sarflangan 327 million so‘m mablag‘ esa behuda sarflandi.

    Sherzod Mirzayevning ma’lumot berishicha, “Oqsuv” MFY hududidagi Nimgi qishlog‘i va “Xo‘jailmkoni” MFY tarkibidagi Xo‘jailmkoni qishlog‘i aholisini bir vaqtning o‘zida ichimlik suvi bilan ta’minlash nazarda tutilgan bo‘lib, davlat Dasturiga ko‘ra har ikkala qishloqqa ham bir vaqtning o‘zida ichimlik suvi keltirilishi lozim bo‘lgan. Ammo xo‘jailmkoniliklarning bu borada “baxti chopmadi”. Fuqaro Mirzayev MFY raisi aytgan qishloq aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlangan 50 foizi ham “lotok” orqali oqib kelayotgan suvdan iste’mol qilishini bildirdi.

    Aholi iste’mol qiluvchi ariq suvi.

    Aholi iste’mol qiluvchi ariq suvi.
    Foto: “Daryo”

    — Biz-ku suvni haligacha “lotok”dan ichamiz, — deydi Sherzod Mirzayev. – Ammo quvur orqali uyiga suv borgan hamqishloqlarimiz endi suvdan qiynalishmasin.

    Aholi iste’mol qiluvchi ariq suvi.

    Aholi iste’mol qiluvchi ariq suvi.
    Foto: “Daryo”

    Sherzod Mirzayevning suvni mana bu “lotok”dan ichamiz deya oqib kelayotgan suvga ishora qilishiga ishonmadik. Shu boisdan ham yana bitta xonadon eshigini qoqdik. “Haqiqatdan ham ushbu “lotok” suvidan iste’mol qilamiz, — deydi Ashur Xurramov. – Bu suv hali tiniydi. Hozir sel kelgani bois loyqalangan-da”.

    Ashur Xurramov.

    Ashur Xurramov.
    Foto: “Daryo”

    Ashur Xurramovning so‘zlariga ko‘ra, odamlar loyqa suvlarni chelakda tindirib, keyin iste’mol qilishadi. Sellar ko‘p kuzatiladigan bahor faslida loyqa suvning tinishi qiyin bo‘ladi. “Sel kelganda 2–3 kun loyqa suv ichishga majbur bo‘lamiz”, — deydi Ashur Xurramov.

    Sayfiddin Isomiddinov qishloqning 50 foiz ichimlik suvi bilan ta’minlangan aholisi haqiqatdan ham buloqdan “lotok” orqali oqib kelayotgan suvdan iste’mol qilishini tasdiqladi.

    Rais “Daryo” muxbirining “Har ikkala qishloq ham bir vaqtda ichimlik suvi bilan ta’minlanishi kerak bo‘lsa, nega endi ikkala mahallaga 2 xil manba orqali suv keltirish mo‘ljallangan? — degan savoliga “Xo‘jailmkoni qishlog‘ida 100 yillardan buyon oqib turgan tabiiy buloq suvi bor, Nimgi qishlog‘ida esa bunday imkoniyat yo‘q, shuning uchun ham ularga artizan quduq qazish reja qilingan”, — deya javob berdi.

    Qishloq oqsoqollaridan Luqmon hoji Hoshimovning aytishicha, bu borada MFY raisi ham, suv yo‘q deyayotgan qishloqdoshlari ham haq. Qishloqqa suv keltirishda buloqqa ishonilishida ham jon bor. Sababi buloq suvi bir necha yillardan beri to‘xtamay oqib turibdi. Ammo o‘tgan yilgidek yog‘ingarchilik kam bo‘lgan yillari suv tortilib, aholi suvga muhtoj bo‘lib qolishi ayni haqiqat. Buloq suvi ba’zan kamayib, ba’zan ko‘payishini ham hisobga olish zarur edi.

    Luqmon Hoshimov.

    Luqmon Hoshimov.
    Foto: “Daryo”

    82 yoshli Luqmon Hoshimovning qo‘shimcha qilishicha, qishloqda joylashgan Hazrati mavlono Xo‘jaimkonagi ziyoratgohiga xorijiy davlatlar Turkiya, Eron va Saudiya Arabistonidan ham mehmonlar tashrif buyuradi. Biroq ziyoratgohga olib keluvchi yo‘llar juda torligi va talabga javob bermasligi bois ham turistlar kelib-ketishda qiynaladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Ziyoratgohga olib keluvchi yo‘llar juda tor, — deydi Luqmon Hoshimov. — Turistlarning avtobusi yurolmaydi. Shuning uchun ham ular avtobusini yarim yo‘lda qoldirib, ancha masofaga yayov yurib kelishga majbur. Bu nafaqat xorijlik sayyohlarga, yurtimizning chekka hududlaridan kelayotgan mehmonlarga ham qiyinchilik tug‘dirmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, ushbu qishloqda Naqshbandiya yo‘nalishidagi tasavvufning azim pirlaridan biri, fiqh, hadisshunos ilmining buyuk allomasi, avliyolar avliyosi deya sifatlangan 1512–1600-yillarda yashab o‘tgan Mavlono Abdulboqi Xojagiy Emkangiy ibn Mavlono Darvesh Muhammad Vaxshuvoriy dahmasi joylashgan. Ziyoratgoh 2013-yil ta’mirlangan. Ammo ta’mirlash ishlari yaxshi olib borilmaganligi sabablimi ziyoratgoh ichida joylashgan o‘z vaqtida masjid vazifasini bajargan xonaqoh bugungi kunda ta’mirtalab ahvolda.

    Ta’mirtalab xonaqoh.

    Ta’mirtalab xonaqoh.
    Foto: “Daryo”

    Mahalliy aholi vakillarining guvohlik berishicha, turkiyalik shayx ushbu ziyoratgohga kelganda xonaqoh ahvolini ko‘rib, “xarob qilibsizlar” – degan gapni ham aytgan ekan.

    Xonaqohning ichki tomoni.

    Xonaqohning ichki tomoni.
    Foto: “Daryo”

    Xonaqohning ichki tomoni.

    Xonaqohning ichki tomoni.
    Foto: “Daryo”

    “Xo‘jailmkoni” MFY raisining ma’lumot berishicha, 28-mart kuni Kitob tumanida bo‘lib o‘tgan viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyevning qabulida 2019-yil 1-milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga ushbu ziyoratgoh qayta ta’mirlanishi ko‘zda tutilgani aytilgan.

    Xonaqohning ichki tomoni.

    Xonaqohning ichki tomoni.
    Foto: “Daryo”

    Qishloq ahlining “Daryo” muxbiriga qo‘shimcha qilishicha, qishloqning chekka hududidagi yerlarga yangi ko‘chib chiqqan xo‘jaliklar haligacha qo‘lbola simyog‘ochlardan foydalanib keladi.

    Foto: “Daryo”

    — Yangi ko‘chib chiqqan xonadonlar uchun talabga javob beradigan simyog‘ochlar yo‘q, — deydi Sherzod Mirzayev. – Barchasi qo‘lbola simyog‘och bo‘lib, aholi hayoti uchun juda xavfli holatga kelib qolgan. O‘tgan safargi murojaatimizdan keyin tuman elektr tarmoqlaridan kelib, 4–5 ta simyog‘ochni almashtirib berishdi. Ammo qolganlari haligacha shu ahvolda turibdi.

    Sherzod Mirzayev gapining isboti sifatida “Daryo” muxbiriga o‘zi istiqomat qiluvchi ko‘chadagi simyog‘ochlar suratini ham taqdim etdi. U taqdim etgan suratlarda haqiqatdan ham simyog‘ochlar qulash arafasiga kelib qolganini ko‘rish mumkin edi.

    Foto: “Daryo”

    Murojaatchi qay darajada haq yoki nohaq ekanligini zukko o‘quvchi anglab yetdi, albatta. Ammo bu ishga mas’ul mutasaddilar-chi? Ular ham tushunishdimi?

    09.04.2019, 15:56   Izoh (0)   27824
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda YPX xodimlari bodi-kamera bilan ishlashni boshladi

    09.04.2019, 15:53

    Nukusdagi xonadonga bostirib kirgan bosqinchi uy bekasini o‘ldirib, eriga og‘ir jarohat yetkazdi

    09.04.2019, 15:12

    Toshkentda ikki erkak Musulmonlar idorasida janjal ko‘tardi

    09.04.2019, 15:07

    Energetika vaziri Alisher Sultonov neft-gaz sohasining bo‘lajak mutaxassislari bilan uchrashdi

    09.04.2019, 15:05

    “Kulrang ro‘yxat”dagi telefonlar hozircha bloklanmaydigan bo‘ldi

    09.04.2019, 14:55

    O‘zbekistonda kelin va kuyov turar joy mulkdorining oila a’zolari ekanligi qonun bilan belgilandi

    09.04.2019, 14:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropa Ittifoqi Suriyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilishga qaror qildi

    Dunyo | 20 may, 23:50

    Britaniya G‘azodagi operatsiya tufayli Isroil bilan savdo muzokaralarini to‘xtatdi

    Dunyo | 20 may, 23:35

    Qozog‘istondan O‘zbekistonga 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 may, 23:20

    Crocus’dagi terror hujumidan yetkazilgan zarar 75 mln dollarni tashkil etgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 20 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 20-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 may, 23:00

    Parhez va og‘ir mashqlarsiz ozish siri: moddalar almashinuvini tezlashtirish uchun xatolardan voz keching

    Layfstayl | 20 may, 22:45

    “Bayden hujjatlarni o‘zi imzolamagan” — Tramp

    Dunyo | 20 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.